Bugun koinotga uchirilgan “Soyuz” kosmik kemasi halokatga uchradi, ekipaj tirik qoldi
1 daqiqa o'qish4.7K

Baykonur kosmodromidan uchirilgan Rossiyaning “Soyuz” kosmik kemasi startdan bir necha daqiqa oʻtib halokatga uchradi, deb yozmoqda Sputnik.
Kema ichida boʻlgan rossiyalik kosmonavt Aleksey Ovchinin va amerikalik astronavt Nik Xeyg qoʻnish kapsulasida sogʻ-omon yerga qoʻnishgan.
“Roskosmos” rahbari Dmitriy Rogozin ushbu hodisa sodir boʻlganidan bir necha soat oʻtib Baykonurga yetib borgan va vaziyatni joyida boshqarib bormoqda.
Dastlabki xulosalarga koʻra, raketa tashuvchining birinchi bosqichda ishlaydigan 4 ta dvigateldan biri kerakli vaqtda korpusdan ajralmagan va buning oqibatida ikkinchi bosqich dvigatellari ishlamay qolgan. Ayni damda fojea sabablari oʻrganilmoqda.
Roskosmos xabariga koʻra, ushbu avariya Rossiya kosmik kemalari bilan 2001 yildan buyon sodir boʻlgan birinchi avariyadir.

- #Baykonur Kosmodromi
- #Rossiya Kosmik Kemasiga
- #Soyuz Kosmik Kemasining
- #Aleksey Ovchinin
- #Nik Xeyg
- #Dastlabki Xulosalar
- #Raketa Tashuvchining
- #Fojea Sabablari
- #Roskosmos Xabari
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…