Dubayda aviakompaniya styuardi biznes-klassdagi yo‘lovchilardan 5000 dollar o‘g‘irlash ayblovi bilan sud qilinmoqda. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, hodisa Bangkokdan Dubayga parvoz qilgan uch aka-uka o‘zlari bilan birga bo‘lgan otalarining ahvolidan xabar olish uchun o‘z joylarini tark etishganida yuz berdi. Ular o‘z o‘rinlariga qaytgach, jami 18,5 ming BAA dirhami (5 ming dollar) yo‘qolganligini aniqlashdi.
Samolyotni tekshirish uchun kelgan politsiyachilar bortda yo‘qolgan pullarni topa olishmadi. Ular tomonidan olingan barmoq izlari bo‘yicha gumondor - Misrning 37 yoshli fuqarosi, reys iqtisod-klassida styuard bo‘lib ishlagan shaxs qo‘lga olindi.
Tergov jarayonida ayblanuvchi dastlab o‘z aybini tan olmadi, keyinchalik o‘g‘rilik sodir etganligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘nishdan avval o‘marilgan kupyuralarni hojatxonada oqizib yuborgan, bu voqeadan politsiya xabardor etilgani tufayli yuz bergan, deb xabar qiladi nashr.
Hodisa 21 iyun kuni sodir bo‘lgan, gumondor 24 iyul kuni, bir oydan keyin Dubay aeroportida politsiya tomonidan ushlandi. Voqea ro‘y bergan aviakompaniya nomi oshkor etilmayapti, biroq, qator OAV ma’lumotiga ko‘ra, bu Emirates samolyoti bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi