03:36 / 23.10.2018
4 627

Polshalik erkak 100 kilogrammli som balig‘ini ovladi (foto)

Polshalik erkak 100 kilogrammli som balig‘ini ovladi (foto)
Foto: «Nur.kz»
Polshalik erkak rekord o‘lchamdagi som balig‘ini ovladi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Baliqchi ijtimoiy tarmoqlarga o‘z o‘ljasining rasmini joylashtirgan va uning og‘irligi 100 kilogrammdan ortiqligi va uzunligi 260 santimetrdan oshishini yozgan. Uning aytishicha, som bilan baliq ovlash quroli yordamida ancha uzoq kurashgan.

Bu Polshada shu vaqtgacha ovlangan eng katta som hisoblanadi. U mamlakat janubidagi Ribnitsk qo‘ltig‘ida yashagan.

Foto: «Nur.kz»
Omadli baliqchining fikricha, yaqinda joylashgan elektrostansiyadan chiqadigan iliq suv katta baliqning o‘sishiga imkon beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polshalik erkak 100 kilogrammli som balig‘ini ovladi (foto)