3 149
AQSh Eronning 600 dan ko‘proq jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi sanksiyalar kiritadi
AQSh moliya vazirligi Erondagi 600 dan ko‘proq jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi sanksiyalar kiritadi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Pompeoning aytishicha, gap moliyaviy cheklovlar kiritish haqida bormoqda. “Dushanba kuni tiklanadigan nafaqat neft, balki moliyaviy sanksiyalar Eron tuzumi xatti-harakatining o‘zgarishiga olib kelishiga ishonchim komil. Bu biz kutayotgan natija. Bu prezident Tramp siyosatining maqsadi hisoblanadi”, deb aytgan Pompeo.
AQSh Eron bilan tuzilgan yadroviy kelishuvdan may oyida chiqqan. O‘shanda Tramp Vashington Tehronga qarshi sanksiyalarni 5 noyabrda tiklashini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Global Janub kimniki?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi