Genetiklar Amerikaning eng qadimiy mo‘miyosi DNKsi shifrini o‘qishga muvaffaq bo‘lishdi, bu Yangi Dunyoning insonlar tomonidan o‘zlashtirilishi tarixiga yangicha nazar tashlashga yordam berdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Yoshi 10,6 ming yilga teng bo‘lgan mo‘miyo 1940 yilda Nevada shtatidagi Spirit g‘oridan topilgandi.
Olimlar uning yaxshi saqlanib qolgan DNKsi genomlarining har bir qismini o‘qishga muvaffaq bo‘lishdi va yangicha xulosaga kelishdi.
Ularning xulosasiga ko‘ra, 10 ming yil avval Shimoliy va Janubiy Amerikaning barcha aholisi bir-biriga qondosh bo‘lishgan. Bu esa odamlar Yangi Dunyoga bir paytlar Yevrosiyo va Shimoliy Amerikani yagona superqit’a sifatida birlashtirib turgan Bering bo‘g‘ozi orqali o‘tishgan degan taxminni shubha ostiga qo‘yadi.
Ilgari olimlar tub amerikaliklar 250 nafarga yaqin ko‘chmanchi aholidan kelib chiqqanini bildirishgandi. Keyinchalik ular yangi ko‘chib kelganlar bilan aralashib ketishlari natijasida aholining genetik turli-tumanligi saqlanib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi