Symantec kompaniyasi mutaxassislari Lazarus xakerlik guruhining FASTCash kiberoperatsiyalarida foydalaniladigan dasturni aniqlashdi. U jinoyatchilarga bankomatlardan katta miqdordagi pulni olishga imkon bergan. Bu haqda tadqiqotchilar kompaniya saytidagi blogda xabar qilishdi.
Symantec hisobotiga ko‘ra, kiberjinoyatchilar tranzaksiyalarni qayta ishlovchi bank tarmoqlari va serverlarini buzib kirishgan. Shundan so‘ng, xakerlar Trojan.Fastcash deb nomlangan zararli dasturni tarqatishadi. Virus bank javoblarini soxtalashtiradi - jinoyatchilar tomonidan naqd pul yechib olinishini tasdiqlaydi.
Mutaxassislar taxminiga ko‘ra, firibgarlar ushbu troyandan ikki yildan beri foydalanib kelayotgan bo‘lishi mumkin. Dastur yordamida ular o‘nlab million dollarni o‘marishgan. 2017 yilda guruh birdaniga 30dan ortiq mamlakatdagi bankomatlardan naqd pullarni bir vaqtda yechib oldi. 2018 yilda xakerlar reydidan biri 23 davlatdagi bankomatlarga ta’sir qildi.
Ushbu moliyaviy jinoyatlar haqida oktyabr oyining boshida, AQSh hukumati HIDDEN COBRA guruhi jinoyatlariga bag‘ishlangan surishtiruv natijalarini e’lon qilganida ma’lum bo‘ldi. Bu shartli nom ostida Lazarus xakerlari yashiringan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi