Filippinda dahshatli hodisa: maktabda otishma

Filippinda dahshatli hodisa: maktabda otishma

Filippinning Takloban shahridagi o‘rta maktablardan birida qurolli hujum sodir bo‘ldi. Fojia oqibatida uch nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, yana yetti kishi turli darajada jarohat olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 22 iyun kuni sodir bo‘lgan. Politsiya xabar berishicha, 14 va 15 yoshli ikki nafar o‘quvchi o‘t ochgan. Ularning bu harakatiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniq emas.

Voqea joyidan qariyb 40 ta gilza topilgan bo‘lib, bu hujumning jiddiy va rejalashtirilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Huquq-tartibot organlari tezkor choralar ko‘rib, gumonlanuvchilardan birini voqea joyidayoq qo‘lga olgan. Ikkinchi o‘quvchi esa keyinchalik o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lgan.

Ayni paytda hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar