22 soatlik parvoz: Sidney–London yo‘nalishi tarixga kiradi

Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi 2027 yil oktyabr oyidan Sidney va London o‘rtasida to‘xtovsiz muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Reuters xabariga ko‘ra, uzunligi 16 ming kilometrdan ortiq bo‘lgan ushbu yo‘nalish yo‘lovchi reyslari orasida eng uzoq parvozga aylanishi kutilmoqda.
Hozirgi vaqtda mazkur yo‘nalishda parvozlar odatda Singapur orqali amalga oshiriladi va safar deyarli bir sutkaga yaqin davom etadi.
Yangi reyslar uchun maxsus jihozlangan Airbus A350-1000ULR samolyotidan foydalaniladi. Unda qo‘shimcha yonilg‘i baklari o‘rnatilib, parvoz davomiyligini 22 soatgacha uzaytirish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, samolyot odatdagidek 400 dan ortiq emas, balki 238 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallanadi. Bu esa uzoq masofali parvozda qulaylik va xavfsizlikni ta’minlash uchun amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha amalga oshsa, u aviatsiya tarixida yangi bosqichni boshlab berishi kutilmoqda






























Izohlar 0
…