Facebook rahbari menejerlariga faqat Android-telefonlardan foydalanishni buyurdi

1 daqiqa o'qish3.1K
Facebook rahbari menejerlariga faqat Android-telefonlardan foydalanishni buyurdi
Facebook rahbari Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoq top-menejerlaridan faqat Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlardan foydalanishni talab qildi, deb xabar bermoqda Daryo nashri.

Taxminlarga ko‘ra, bu qaror 2018 yil martida Apple rahbari Tim Kuk MSNBC telekanaliga bergan intervyusida Facebook’ni tanqid qilganidan so‘ng qabul qilingan.

O‘shanda Tim Kuk Facebook’ni shaxsiy ma’lumotlarning tarqalib ketishiga doir Cambridge Analytica kompaniyasi bilan bog‘liq mojaro uchun tanqid qilgan va Apple foydalanuvchilarning «shaxsiy hayoti bilan savdo qilmoqchi emas»ligini bildirgan edi.

Facebook kompaniyasi vakillari The New York Times’da chiqqan maqolaga munosabat bildirdi. Qayd etishlaricha, xodimlar va rahbarlarning Android’dan foydalanishga o‘tishi qo‘llab-quvvatlanadi, chunki bu «jahondagi eng ommabop operatsion tizim». Shunga qaramay, Facebook’ning bir qator menejerlari Twitter’ga iPhone orqali xabar yozmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?