Huawei ekotizimidagi HarmonyOS qurilmalari soni 1,3 milliarddan oshdi

Huawei ekotizimidagi HarmonyOS qurilmalari soni 1,3 milliarddan oshdi

12-iyun kuni boʻlib oʻtgan HDC 2026 dasturchilar konferensiyasining ochilishida Huawei kompaniyasi oʻzining HarmonyOS ekotizimi 1,3 milliarddan ortiq ulangan qurilmalar marrasini zabt etganini eʼlon qildi. Bu haqda kompaniyaning isteʼmolchilar biznesi boʻyicha boshqaruv raisi Richard Yu maʼlumot berdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu koʻrsatkichga smartfonlar, planshetlar, shaxsiy kompyuterlar, shuningdek, avtomobillar uchun uskunalar, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari komponentlari va maishiy texnika vositalari kiradi. Huawei vakillarining taʼkidlashicha, texnologik mustaqillik yoʻlidan borish va bozorning barcha segmentlari uchun oʻz yechimlarini ishlab chiqish AQSH tomonidan oʻrnatilgan eksport cheklovlariga strategik javob boʻldi.

Hozirgi vaqtda kompaniya oʻz operatsion tizimini global miqyosda kengaytirishni maqsad qilgan. Konferensiyada minglab sohalar uchun raqamli asos boʻlib xizmat qilayotgan HarmonyOS ochiq kodiga alohida eʼtibor qaratildi. Loyihani rivojlantirishda 13 000 dan ortiq dasturchi ishtirok etmoqda, kod hajmi esa 140 million qatordan oshib ketgan.

Ekotizimning hamkorlik tarmogʻi bugungi kunda 3200 dan ortiq kompaniyani oʻz ichiga oladi. Huawei oʻzining dasturiy taʼminot platformasini yanada takomillashtirish va sunʼiy intellekt imkoniyatlarini kengaytirish orqali jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar