LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy bolsheviklar yetakchisi Vladimir Leninning jasadini ko‘mish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Daryo.uz nashri xabar berdi.
Oldinroq Leningrad viloyati qonunchilik majlisi deputati Vladimir Petrov Lenin jasadini ko‘mish bo‘yicha maxsus komissiya tuzishni taklif qilgandi. Petrovga ko‘ra, inqilob yetakchisini vasiyatiga binoan dafn etish va Lenin vafot etganiga 100 yil to‘ladigan 2024 yilda vidolashuv marosimini o‘tkazish lozim.
«Leninning Qizil maydondagi jasadi birinchi galda uning o‘zini tahqirlash. Uning onasi dafn etilishini so‘rab yolvorgan, yaqin safdoshi Troskiy jasad barchaga ko‘z-ko‘z qilinishiga butunlay qarshi bo‘lgan. Ilichning tanasini tuproqqa qo‘yish mavridi keldi. Buning uchun eng yaxshi joy Ulyanovskdagi otasining yoki Sankt-Peterburgdagi onasining qabri», — deya ta’kidladi Jirinovskiy. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi