25 sentyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- 25 sentyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent, Toshkent viloyati, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda.
- Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
- Respublikaning tog‘li hududlarida esa yomg‘ir yog‘ib, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.
25 sentyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Poytaxt Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 14–16 daraja, kunduzi esa 26–28 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.






























Izohlar 0
…