Komik aktyor Jim Kerri Mark Sukerbergga maxsus kod orqali shifrlangan noma yo‘lladi. Jim Kerri bu yozuvlarni o‘z "Twitter" akkauntida e’lon qilgan.
Komik mazkur xatni "The New York Times" gazetasida "Facebook" tarmog‘ining foydalanuvchilar ma’lumotlarini ba’zi tashkilotlarga taqdim etgani fosh bo‘lgani va bu masala atrofidagi janjalli vaziyatlar haqidagi maqola sabab yozganini aytgan.
Aktyor o‘z xatiga Mark Sukerbergning rasmini ilova qilib, u yerda “Ey, #Zuckerborg. Biz sening kimligingni bilamiz va sening nimalar qilib qo‘yganingni ko‘rdik”, deb yozgan.
So‘ng “Menda senga o‘zingning tilingda yozilgan kichkina bir xabar bor”, degan aktyor. Ikki nuqtadan keyingi satrda esa “01000110 01110101 01100011 01101011 00100000 01111001 01101111 01110101 00101110 00100000 00001101 00001010” shifrlarini yuborgan.
Bu shifrlar esa ingliz tilida "F" harfi bilan boshlanadigan haqoratli jumlani bildiradi. O‘zbek tilida ushbu jumlani "jin ursin seni" deb tarjima qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi