
Rossiya va Belarus prezidenti Vladimir Putin hamda Aleksandr Lukashenko Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yig‘ilishi vaqtida gaz narxining shakllanishi masalalarini muhokama qildi.
Lukashenkoning aytishicha, belaruslik iste’molchilar uchun har ming kubometr gaz narxi 130 dollarni tashkil etadi. Shu bilan birga, Rossiya qo‘shni hududlarida esa (masalan, Smolensk oblastida) faqatgina 70 dollar turadi.
Bunga javoban Putinning bildirishicha, agar Rossiya Belarusga gazni bozor narxida sotganida, unda uning narxi 130 dollar emas, balki 200 dollar bo‘lardi. Shundan so‘ng, u bu masalani yopiq rejimda muhokama qilish taklifi bilan chiqdi.
[media=https://www.youtube.com/embed/AcwDNLxRgRk] “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar