Armaniston apellyatsiya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Robert Kocharyanni hibsga olishga hukm chiqardi. Bu haqda Kocharyanning advokati Ayk Alumyan ma’lum qildi.
"Apellyatsiya sudi birinchi instansiya sudining qarorini o‘zgarishsiz qoldirdi va shikoyatimizni rad etdi. Bu esa Kocharyanning hibsga olinishini bildiradi", — dedi Alumyan jurnalistlarga.
Iyulda maxsus tergov xizmati 2008 yil 1 martdagi norozilik namoyishlarini bostirish ishi doirasida Kocharyanga konstitutsion tuzumni ag‘darish bo‘yicha ayblov e’lon qilgandi. Ertasiga Kocharyan ikki oyga hibsga olingandi.
Himoyachilar apellyatsiya sudiga shikoyat qilganidan so‘ng birinchi instansiya sudining qarori bekor qilingandi.
Maxsus tergov xizmati Kocharyandan tashqari, sobiq mudofaa vaziri Mikayel Arutyunyan va KXShTning sobiq bosh kotibi Yuriy Xachaturovga nisbatan ham ayblov e’lon qilgandi. Xachaturov garov evaziga ozodlikka chiqarilgan, Arutyunyan esa qidiruvga berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film