
Qirg‘iziston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Duyshenbek Zilaliyev noqonuniy ravishda boyishda gumonlanib qo‘lga olindi.
Ta’kidlanishicha, Zilaliyev mol-mulki haqidagi deklaratsiyalar tekshiruvdan o‘tkazilganidan keyin qo‘lga olingan.
«Aniqlanishicha, [gumonlanuvchida] kelib chiqish shubhali va aniqlanmagan, yirik pul mablag‘lari ko‘rinishidagi aktivlar hamda mulklar bor. Ular uning rasmiy daromadlaridan sezilarli darajada ko‘p», – deyiladi xabarda.
Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti poraxo‘rlar omma oldida sharmanda qilinishi kerakligini aytgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar