
Britaniya moda kengashi The British Fashion Council «Yil modeli» unvonini amerikalik model Kayya Gerberga topshirdi. Bu haqda The Telegraph'ga tayanib Daryo xabar berdi.
British Fashion Awards 2018 taqdirlash marosimi 10 dekabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan. Afsonaviy supermodel — Sindi Kroufordning 17 yoshli qizi Kayya Gerberdan tashqari, unvonning 2017 yildagi sohibi britaniyalik Advoa Aboax, sudan-avstraliyalik model Adut Akech, amerikalik Bella Xadid va kanadalik fotomodel Vinni Xarlou g‘oliblik uchun kurashgan.
Mukofotni Gerberga britaniyalik qo‘shiqchi Rita Ora topshirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar