Foto: Google Images
1950 yilda chop etilgan hukumat avtomat telefon stansiyalari abonentlari ro‘yxatidan iborat Kitob 13 dekabr kuni auksion savdolarda 3 million rublga sotildi. Bu haqda Daryo xabar berdi.
«Litfond» auksion fondi rahbari Sergey Burmistrovning so‘zlariga ko‘ra, kitob Iosif Stalinning yaqin safdoshi Nikolay Shvernikda saqlangan. Undan Stalin, Lavrentiy Beriyaning xona va dala bog‘laridan tortib, siyosiy byuro va yordamchilarning telefon raqamlarigacha joy olgan. Lotning boshlang‘ich bahosi 30 ming rublni tashkil qildi.
Shuningdek savdolarga sovet rok musiqasi afsonasi Viktor Soyning rafiqasi Maryanaga yo‘llangan maktubi ham qo‘yilgan. Xat auksionda sotilmagan, ammo auksiondan so‘ng Soyning barcha sotilmagan lotlarini pastroq bahoda sotib olish bo‘yicha taklif tushgan.
Ushbu xat juda ochiq yozilgan bo‘lib, unda Soy konsertlardan charchagani va bir oyga bo‘lsa ham hammasidan berkinishni istashi, shuningdek oilaning moliyaviy qiyinchiliklari oshkor qilingan. Lotning boshlang‘ich bahosi 1,4—1,5 million rublni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi