Aleksandr Lukashenko Belarus oliy rahbariyati bilan «Rossiya bosimi»ga bag‘ishlangan yopiq yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar berdi Kun.uz «Nasha Niva» nashriga tayanib.
Yig‘ilishda «Rossiya tomonidan bosim sharoitida» ko‘riladigan choralar muhokama qilingan.
«Prezident huzurida katta yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mustaqillik uchun oxirigacha turish haqida so‘z bordi. Buni hamma qo‘llab-quvvatladi», degan nashr manbasi.
Avvalroq Minskda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Lukashenko mamlakat mustaqilligini saqlash uning muhim vazifasi ekanligini ta’kidlagandi.
«Agarda bizni Jirinovskiy taklif qilganidek, oblastlarga bo‘lib tashlash va Rossiyaga qo‘shib olishni istashsa – bu holat hech qachon bo‘lmaydi. Agarda Rossiya rahbariyati ana shunday o‘yda bo‘lsa - bu Rossiyaning zarariga bo‘ladi. Biz uchun suverenitet muqaddas narsa, bu haqda oldin ham aytganman», degandi Belarus prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi