Hindistonning Xaryana shtatida yashovchi 72 yoshli Daljinder Kaur ismli ayol o‘zining ilk farzandini dunyoga keltirdi. Shubhasiz, bola 2016 yili tug‘ilgan. Faqat bu haqda endi-endi xabar tarqatishdi.
Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu nafaqat Xudoning inoyati, balki sun’iy tarzda homila hosil qilish amali natijasi edi. Bolaning otasi ushbu amalga qo‘l urilgan payt 79 yoshda bo‘lgan. Hayratlanarlisi shuki, ayolning yoshi o‘tgan bo‘lishiga qaramay, organizmi farzandni dunyoga keltirishga yaroqli ekani aniqlangan. Hozir bola ikki yoshga kirdi. O‘zini juda yaxshi his etmoqda. Unga Armaan deb ism qo‘yishgan.
Ota bo‘lmish 81 yoshli qariya esa xotiniga bola parvarishida yaqindan yordam beradi. Shu yoshda bo‘lsa ham farzandli bo‘lgani uchun er ham, xotin ham Xudoga beadad shukronalar aytishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi