date
views 3 903

"NASA" Saturnning halqasi yo‘qolib borayotgani haqida ogohlantirdi

"NASA" Saturnning halqasi yo‘qolib borayotgani haqida ogohlantirdi
"NASA"ning ogohlantirishicha, gravitatsiya ta’sirida muz bo‘laklaridan tashkil topgan halqalar sayyoraga tortilishi sabab keskin kamayib bormoqda.

"Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, Saturn halqasidan tushayotgan yomg‘ir yarim soat ichida olimpik suv havzasini to‘ldirishi mumkin edi”, deydi tadqiqot mualliflaridan biri Jeyms O'Donoxyu. Uning aytishicha, bu faktning o‘zi 300 mln yildan so‘ng butun halqa tizimi yo‘qolib ketishidan dalolat beradi. Ammo “Kassini” apparatidan olingan, sayyora ekvatoriga tushayotgan materiallar miqdori haqidagi ma’lumotlarga ko‘ra, halqa 100 mln yilga yetmay yo‘q bo‘lib ketadi.

Olimlar Saturn halqasining kelib chiqishi va uning yoshini aniqlashga anchadan beri harakat qilib kelmoqda. Taxminlarga ko‘ra, ular sayyora bilan birgalikda paydo bo‘lgan, boshqa taxminda esa keyinchalik paydo bo‘lgan deyiladi. Tadqiqotlar natijasining ko‘rsatishicha, halqalar yoshi 100 mln yildan ko‘p emas. Bu holda ular sayyora orbitasida kichik muzli sun’iy yo‘ldoshlarning to‘qnashuvi natijasida shakllangan bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi Turon24 AA.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "NASA" Saturnning halqasi yo‘qolib borayotgani haqida ogohlantirdi