Tojikistonda 2019 yilga nom berildi

Tojikistonda 2019 yilga nom berildi
2019 yil Tojikistonda “Qishloq va xalq hunarmandchiligini rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon parlamentga har yillik an’anaviy murojaatida ma’lum qildi.

Rahmonning aytishicha, bundan maqsad viloyatlar aholisi turmush darajasini yaxshilash, tibbiy xizmatlar darajasini oshirish, yo‘llarni qurish va ta’mirlash, infratuzilmani yangilash, halq hunarmandchiligini tiklashdan iborat. Tojikiston prezidenti joylardagi rahbarlarga yuzlanib, ularni ko‘zbo‘yamachilik bilan shug‘ullanishni bas qilishga, hunarmandchilikni rivojlantirish uchun real qadamlar tashlashga chaqirgan.

Yakuniga yetayotgan 2018 yil Tojikistonda “Turizm va xalq hunarmandchiligini rivojlantirish yili” bo‘lgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar