09:15 / 02.01.2019
4 626

Moskvada Yangi yilni nishonlash vaqtida ko‘prik odamlar bilan birga qulab tushdi (video)

Moskvada Yangi yilni nishonlash vaqtida ko‘prik odamlar bilan birga qulab tushdi (video)
Moskvadagi Gorkiy nomidagi bog‘da Yangi yilni nishonlash vaqtida ko‘prik uning ustidagi odamlar bilan birga qulab tushdi.

“Odamlar Yangi yilni kutishayotgan bo‘lgan, u yerda 3 metr balandlikdan o‘tuvchi ramziy ko‘prik bo‘lgan. Ko‘prik 60 kishini sig‘dira olgan, biroq voqea vaqtida unda ko‘proq odam bo‘lgan. Kurant Yangi yil kirib kelganda bong urishni boshlaganda hamma madhiyani kuylay boshlagan. Ko‘prik oxir-oqibat dosh berolmay qulab tushgan. Qurbonlar yo‘q, biroq jarohatlanganlar bor. Tez yordam mashinalari kelgan, ko‘ngilochar dastur to‘xtatilgan”, deb aytgan “Business FM” radiostansiyasi xodimasi.

Ko‘prik konki uchish uchun yaxmalak ustidan o‘tgan bo‘lgan. Ko‘prik qulagan vaqtda uning ostida ham odamlar bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, ba’zi jarohatlanganlarning ahvoli og‘ir.

Bog‘ ma’muriyatining ta’kidlashicha, ko‘prikning qulashiga uning seksiyalaridan birining yaxlitligi buzilgani sabab bo‘lgan.

[media=https://www.youtube.com/embed/k5bRwVTtBkE]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada Yangi yilni nishonlash vaqtida ko‘prik odamlar bilan birga qulab tushdi (video)