07:24 / 04.01.2019
4 110

AQSH Afgʻonistondan Oʻrta Osiyo davlatlari siyosiy ishiga aralashish uchun foydalanadi

AQSH Afgʻonistondan Oʻrta Osiyo davlatlari siyosiy ishiga aralashish uchun foydalanadi
Foto: Flickr
AQSH Oʻrta Osiyo mamlakatlari siyosiy ishlariga faol aralashish uchun Afgʻonistonga koʻp urgʻu bermoqda, buning boisi esa — Rossiyaga bosim oʻtkazishdan iborat, deb yozadi Sputnik Federatsiya kengashi mudofaa qoʻmitasi aʼzosi Frans Klinsevichga tayanib.

Ilgariroq OAVlar AQSH Afgʻonistonda faqat maxsus topshiriqli boʻlinmalarni qoldirib, qolgan harbiy kontingentni ikki marta qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

“AQSH Afgʻonistondan Oʻrta Osiyo mamlakatlari ichki ishlariga aralashishni boshlash uchun maydon sifatida foydalanishadi, bu kampaniya maqsadi — Rossiyaga boʻlgan bosimni davom ettirish”, — degan Klinsevich.

Klinsevichning soʻzlariga koʻra, “Tolibon” radikal harakatini nazorat qilish va ISHID terrorchilik uyushmasini rivojlantirish uchun amerikaliklarga qolgan kontingent yetarli hisoblanadi.

“Keyinchalik ushbu terroristik uyushmaning imkoniyatlari va resurslari Oʻrta Osiyo davlatlaridagi holatni notinchlantirish va u yerlarda toʻq sariq inqiloblarni yuzaga kelishi uchun zamin yaratishda foydalaniladi”, — deb qayd etdi qonun chiqaruvchi.

Klinsevich shuningdek, AQSH qayerga kirib borgan boʻlsa, u yerdan hech qachon chiqmasligiga eʼtibor qaratdi.

“AQSH bundan oldin ham bir necha marotaba Afgʻoniston hududidan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanishga harakat qilgan, ammo Sovet Ittifoqi ularning barcha rejalarini puchga chiqargan edi”, — dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Afgʻonistondan Oʻrta Osiyo davlatlari siyosiy ishiga aralashish uchun foydalanadi