13:16 / 11.01.2019
8 432

Qozog‘iston prezidentining qizlari nima bilan shug‘ullanishini bilasizmi?

Qozog‘iston prezidentining qizlari nima bilan shug‘ullanishini bilasizmi?
Qozog‘iston prezidenti, millat yetakchisi Nursulton Nazarboyevning uch nafar qizi bor.

To‘ng‘ich qiz – Dariga Nazarboyeva. Uning yoshi 55 da, u biznesmen, siyosatchi va diplomat Raxat Aliyevga turmushga chiqqan. Aliyev 2015 yilda vafot etgan. Oilada uch nafar farzand bor. Dariga Nazarboyeva OAVlarga rahbarlik qilgan, ishbilarmonlik bilan shug‘ullangan, Nurbank aksioneri ham bo‘lgan. Shuningdek, “Asar” partiyasiga rahbarlik qilgan. Shu bilan birga, Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi deputati, bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgi vaqtda parlamentning yuqori palatasida deputat bo‘lib ishlamoqda.

Ikkinchi qizi – 51 yoshli Dinara Kulibayeva. U qozog‘istonlik ishbilarmon va siyosatchi Timur Kulibayevga turmushga chiqqan. Ular oilasida bir nafar o‘g‘il, ikki nafar qiz bor.

Forbes jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 3,2 milliard dollar, shuncha mablag‘ uning turmush o‘rtog‘ida ham baholanmoqda.

Kulibayeva bank va moliya faoliyatidagi ishbilarmonlikdan tashqari hayriya ishlari, ta’lim loyihalari bilan shug‘ullanadi. U Qozog‘istonning fanlar akademiyasi akademigi hisoblanadi.

Uchinchi qizi – 38 yoshli Aliya uch marta turmushga chiqqan. Uning birinchi turmush o‘rtog‘i – Qirg‘iziston birinchi prezidenti Askar Akayevning o‘g‘li – Aydar. Aliya ikkinchi marta futbolchi va ishbilarmon Doniyor Xasenovga turmushga chiqadi, ularning oilasida ikki nafar qiz tug‘iladi. Uchinchi marta biznesmen va siyosatchi Dimash Dosanovga turmushga chiqadi. Oilada o‘g‘il va qiz paydo bo‘ladi.

Aliya biznes va ekologik loyihalar bilan shug‘ullanadi. Unda qurilish, suv va telekommunikatsiya sohasida biznesi bor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston prezidentining qizlari nima bilan shug‘ullanishini bilasizmi?