23:13 / 14.01.2019
4 394

Turkiya o‘z tarixidagi eng yirik harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Turkiya o‘z tarixidagi eng yirik harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Anqaraning Suriyadagi uchinchi operatsiyasi Turkiya tarixidagi eng katta ko‘lamlisi bo‘lishi mumkin. Avvalgi operatsiyalar – “Frot qalqoni” va “Zaytun shoxi”da ancha kamroq kuchlar jalb qilingandi.

Agar Turkiya o‘ylagan rejasini amalga oshirsa, unda Suriya chegarasini odatdagi 4-8 ming turk harbiysi o‘rniga, 80 ming harbiy kesib o‘tadi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Voqealar rivojining ehtimoliy ssenariylaridan biri 500 kmlik chegara chizig‘ida armiyani joylashtirish va keyinroq uning Suriya hududiga 10 kmga kirib borishi bo‘ladi. Bu Anqara dushmanlarining qochishga yo‘lak yaratishga urinishlarining oldini oladi.

Birinchi bosqichda jangarilardan 30 ming kvadrat kilometr maydonni tozalash rejalashtirilmoqda. Ikkinchi bosqichda esa qo‘shinlar yana 10 km ichkariga kirib boradi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya Suriyada kurdlarga qarshi operatsiyani davom ettirsa, uni xarob qilish bilan tahdid qilgandi. Shu bilan birga Tramp kurdlarni Anqarani keskin choralar ko‘rishga majbur qilmaslikka chaqirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya o‘z tarixidagi eng yirik harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda