Anqaraning Suriyadagi uchinchi operatsiyasi Turkiya tarixidagi eng katta ko‘lamlisi bo‘lishi mumkin. Avvalgi operatsiyalar – “Frot qalqoni” va “Zaytun shoxi”da ancha kamroq kuchlar jalb qilingandi.
Agar Turkiya o‘ylagan rejasini amalga oshirsa, unda Suriya chegarasini odatdagi 4-8 ming turk harbiysi o‘rniga, 80 ming harbiy kesib o‘tadi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Voqealar rivojining ehtimoliy ssenariylaridan biri 500 kmlik chegara chizig‘ida armiyani joylashtirish va keyinroq uning Suriya hududiga 10 kmga kirib borishi bo‘ladi. Bu Anqara dushmanlarining qochishga yo‘lak yaratishga urinishlarining oldini oladi.
Birinchi bosqichda jangarilardan 30 ming kvadrat kilometr maydonni tozalash rejalashtirilmoqda. Ikkinchi bosqichda esa qo‘shinlar yana 10 km ichkariga kirib boradi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya Suriyada kurdlarga qarshi operatsiyani davom ettirsa, uni xarob qilish bilan tahdid qilgandi. Shu bilan birga Tramp kurdlarni Anqarani keskin choralar ko‘rishga majbur qilmaslikka chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi