12:12 / 15.01.2019
3 710

Ukrainada Donbassdagi urushni shturm bilan yakunlash taklif qilindi

Ukrainada Donbassdagi urushni shturm bilan yakunlash taklif qilindi
Donbassdagi jangovar harakatlar ishtirokchisi Vitaliy Averinning ma’lum qilishicha, mintaqadagi qurolli mojaroni faqat kuch uslubi bilan yakunlash mumkin. Bu haqda «Obozrevatel»ga asosan Kun.uz xabar bermoqda.
Uning ma’lum qilishicha, Ukraina hukumati Minsk kelishuvlari va sulhlardan voz kechishi kerak.
«Biz bu urushni allaqachon tugatishimiz kerak edi... variantlar ko‘p, masalan, shturm... Bu amalga oshadi! Bizning armiya kuchli», - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada Rossiya bilan urush ehtimoli baholangandi.
Ukraina tashqi razvedka faxriysi, general-leytenant Vasiliy Bogdanning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi prezidentlik saylovlariga qadar davlatlar o‘rtasida hech qanday urush bo‘lmaydi, sababi Kreml mamlakat siyosiy vektori Yevropadan Rossiya tomonga o‘zgarishiga umid qilmoqda.
Shunga qaramay, general-leytenant hattoki saylovlardan so‘ng ham keng ko‘lamli urush yuz berishiga ishonmayapti. «[Rossiya prezidenti] Putin Ukraina oson o‘lja emasligini allaqachon anglab yetgan», - deya o‘z pozitsiyasini tushuntirdi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada Donbassdagi urushni shturm bilan yakunlash taklif qilindi