08:36 / 29.01.2019
9 009

Ertugʻrul Fotih kim?

Ertugʻrul Fotih kim?
Turkiylar tarixida muhim ahamiyat kasb etgan, tarixiy shaxslardan biri Ertugʻrul Gʻoziy Usmoniylar davlatining vujudga kelishida tilga olinadigan ismlardan biridir.

Ertugʻrul Gʻoziy kim? Tarixda qanday nom qoldirdi va uning farzandlari kimlar edi?
Usmonlilar Bekligining asoschisi, Usmon Bekning otasi boʻlgan Ertugʻrul Gʻoziy, turkiylar tarixida ahamiyatli shaxslardandir.

XIII asrga borib dunyo katta oʻzgarishlarga guvoh boʻldi. Onadoʻli yeri turli imperiyalarning ziddiyatlari avj olgan nuqtaga aylangandi. 1071 yilda turklar zabt etgan bu yurtlarda endi xochlilar va moʻgʻullar ham sherik boʻlmoqchi edilar. Oqdengiz, Qora dengiz, Bolqon, Qafqos va Mesopatamiya yangi egasini izlayotgandi. Ana shu qirgʻinbarotlar ichida oʻrtaga chiqqan Ertugʻrul Gʻoziy orzulari ortidan ketmoqchi boʻlib, dunyoga yangicha madaniyat armugʻon qildi. U tamal toshini qoʻygan davlat dunyoning qismatini oʻzgartirib yubordi.

IX asrda Ertugʻrul Gʻoziyning otalari, 50 ming (baʼzi manbalarda 70 ming) atrofidagi xonadon egalari boʻlmish Oʻgʻuz boylari bilan birga moʻgʻullar istilosidan qochib, Buxoro va Samarqand ustidagi Jayhun (Amudaryo) daryosini kechib Xuroson (Turkmaniston) viloyatining Marv (Mohan) shahriga joylashadilar.

Ilk makoni Qorajadogʻ
Saljuqli Sulton Alouddin Qayqubod I Ertugʻrul Gʻoziy tasarrufidagi Kayxoniylarni bu kurashlardagi xizmatlariga mukofot sifatida Anqara gʻarbidagi Qorajadogʻni qishlov-yaylov uchun taqdmi etdi. Bu xushxabar Kayxoniylar Qaysarida joylashganida, Saljuqiylar poytaxti Koʻnyaga joʻnatilar Ertugʻrul Gʻoziyning oʻgʻli Saru Botu (Savji Bek) tomonidan yetkaziladi. Shunday qilib Ertugʻrul beyning Onadoʻlidagi dastlabki makoni Qorajadogʻ hisoblanadi. Shunday qilib Ertugʻrul Gʻoziyning tarix sahnasiga chiqishi shunday boshlanadi.

Gʻoziy unvoni nega berildi?
Ertugʻrul Gʻoziyning siyosati va harbiy salohiyati, jasorati, mardligi, zakovati va harakatlari natijasida XIII asr oʻrtalarida Qorajahisor va Sogʻut fath etiladi. Saljuqiylar Sultoni Alouddin Qayqubod I bu gʻoziylikni mukofotlash uchun Domanich, Sogʻut va uning atrofini Ertugʻrulga mulk sifatida inʼom qildi. Yozni Domanich yaylovlarida, qishni Sogʻutda oʻtkazgan Ertugʻrul gʻoziy Saljuqiylar davlatining shimoliy gʻarbiy chegaralarini juda mukammal himoya qiladi, osoyishtalikni taʼminlaydi. Domanich-Sogʻut va oʻsha atroflarga hokim boʻlganidan keyin, Vizantiya chegarasidagi hukmronlik qiladigan boshqa beylar bilan birga yurishlarni davom ettiradi. Ertugʻrul qoʻshni Vizantiya shaharlarini fath etishda gʻalaba qozongani uchun “Gʻoziy” unvoniga erishadi.

Ertugʻrul gʻoziyning oʻlimi
Ertugʻrul gʻoziy hukmronligi davrida qabilasining aholisi oz boʻlgani uchun, tinch, xotirjam, batadbir, ehtiyotkor siyosat qoʻlladi. Atrofidagi turkman bekliklari va Vizantiya shaharlari bilan yaxshi munosabatda boʻlib, ularning ahvoli va siyosiy holatlarini munosib taʼminlab, qabilasi va boshqaruvi ostidagilarni ahil-inoqlik yashashlari uchun xizmat qildi. Ertugʻrul gʻoziy qoʻl ostidagi xalqlar tomonidan nihoyatda kuchli ehtirom bilan sevib, qadrlangan inson edi.Ertugʻrul oʻzi manzil-makon qurgan hududda tinchlik va xavfsizlikni saqladi. Ertugʻrul gʻoziy 1281 yilda 93 yoshda Sogʻutda vafot etadi.

Ertugʻrul gʻoziyning farzandlari
Oʻgʻuzlarning rahnamosi va Usmonli Bekligining asoschisi Usmon Bekning otasi Ertugʻrul gʻoziyning Usmon Bekdan boshqa Saru Botu (Savji Bek) va Gunduz ismli bolalari ham boʻlgan. Ayni paytida Ertugʻrul gʻoziyning Sungur tekin, Kuntugʻdi va Dundor ismli uch aka-ukasi ham boʻlgan degan ehtimollar oʻrtaga chiqyapti.
Umida AZIZ tayyorladi

Manba: Azon.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Ertugʻrul Fotih kim?