21:12 / 30.01.2019
5 410

Venesuelada Rossiyaga oltin olib chiqib ketishga urinish haqida ma’lum qilindi

Venesuelada Rossiyaga oltin olib chiqib ketishga urinish haqida ma’lum qilindi
Venesuela milliy assambleyasi mamlakat markaziy banki xodimlaridan Rossiyaga 20 tonna oltin olib chiqib ketishga urinish haqidagi ma’lumotga tushuntirish berishni talab qildi. “Biz barcha tafsilotlarni talab qilamiz. Bu Kaliksto Orteganing (Venesuela banki rahbari) shaxsiy oltinlari emas. U xalqqa tegishli”, deb aytilgan tvitterdagi xabarda.

Deputatlarning ta’kidlashicha, oltinni olib chiqib ketishi kerak bo‘lgan samolyot Moskvadan Karakasga yetib kelgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga unda Moskvada Venesuela milliy bankidan oltin olib chiqib ketish rejasi haqida ma’lumot yo‘qligini aytgan.

“Bunday ma’lumot yo‘q. Rossiya ushbu mamlakatning ichki ishlariga aralashmagan holda, ichki siyosiy vaziyatni tartibga solishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishga tayyor”, deb aytgan Peskov.

Peskov unga Nordwind aviakompaniyasining 28 yanvarda Moskvadan Karakasga yo‘lovchilarsiz uchgan yo‘lovchi samolyoti haqida biror narsa ma’lumligi yoki yo‘qligi haqidagi savolga rad javobini bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Venesuelada Rossiyaga oltin olib chiqib ketishga urinish haqida ma’lum qilindi