Putinning matbuot kotibining rafiqasida Shveysariya bankida hisob raqami borligi aniqlandi

1 daqiqa o'qish5.2K
Putinning matbuot kotibining rafiqasida Shveysariya bankida hisob raqami borligi aniqlandi
Foto: «TASS»
Rossiyalik sportchi Tatyana Navka, prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov bilan turmush qurgach, Banque Internationale à Luxembourg Shveysariya filialida hisobini saqlab qolgan bo‘lishi mumkin, deya xabar beradi «Daryo».

Chet elda hisob raqam yuritish esa Rossiya qonunlariga zid.

«Dosye» markazida hisob ochilganligi to‘g‘risida hujjatlar bor. Ma’lum bo‘lishicha, hisob 2014 yilning 20 fevral kuni Navka va Peskovning to‘yigacha ochilgan. Noma’lum manbalar jurnalistlarga chet elda hisob raqam ochilgani haqida bildirgi yuborgan. Bildirgi Rossiya soliq idorasiga taqdim etilganligi noma’lum.

Navkaning Shveytsariyadagi hisobi hali ham ochiqligini tekshirish uchun «Dosye» unga besh yevro jo‘natgan. Bankda jurnalistlarga to‘lov omadli o‘tgani tasdiqlangan.

Qonun esa Navkaga, davlat xizmatchisining rafiqasi sifatida chet elda hisob raqam bo‘lishini taqiqlaydi. Navka esa chet elda hisob raqami borligini inkor etmoqda. Dmitriy Peskov esa turmush o‘rtog‘ining hisob raqami AQShda yashagan vaqtida ochilganligini, ammo hozirda ular yopiqligini aytib o‘tgan.

Mazkur ma’lumot paydo bo‘lganidan bir necha soat o‘tgach, RF Prezidenti Vladimir Putin Bosh prokuratura tomonidan rossiyalik amaldorlarning chet elda xorijiy banklarda hisoblari va jamg‘armalari bor-yo‘qligini tekshirishga imkon beruvchi qonunni imzolaganligi ma’lum bo‘ldi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?