Venesuela muxolifati yetakchisi, o‘zini vaqtinchalik prezident deb e’lon qilgan Xuan Guaydo AQSh tomonidan bir necha yil avval yollangani va u tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarishda ayblandi. Buni Venesuelaning Rossiyadagi elchisi Karlos Rafael Faria Tortosa ma’lum qildi.
Diplomatning aytishicha, Guaydo amerikaliklar tomonidan 10 yilcha avval yollangan. “Ma’lumotlarimizga ko‘ra, u o‘qish uchun Serbiyaga jo‘natilgan. Va shundan keyin barchasi boshlangan”, deb aytgan Tortos va yaqin kunlargacha muxolifatchi haqida hech kim hech narsa bilmaganini qo‘shimcha qilgan.
Elchining aytishicha, “belgilangan vaqt kelib”, Guaydo o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishni boshlagan, biroq u hali bunga tayyor emas. “U faqatgina qo‘g‘irchoq, u yerda AQSh uning ortidan turib, gapirishi uchun turibdi”, deb ta’kidlab o‘tgan diplomat. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin