Internetda 2014 yil Ukrainadagi fojiali voqealar aks etgan video paydo bo‘ldi. Videoda o‘q ovozlarini eshitish, Maydandagi norozilik namoyishlarida ishtirok etgan odamlarni ko‘rish mumkin. Ular orasida Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko ham bo‘lgan.
Ukraina prezidenti avvalroq Maydan voqealarida otishmalar davom etayotgan bir vaqtda halok bo‘lganlar jasadini shaxsan o‘zi olib chiqqanini ma’lum qilgandi.
E’lon qilingan videoda esa Poroshenko haqiqatan ham yerda yotgan odam oldiga kelib, u tomon engashganini ko‘rish mumkin. Shu vaqtda uning atrofida suratga olish guruhi paydo bo‘lib, kimdir “Suratga ol! Suratga ol!” deb buyura boshlagan.
Bir necha soniyadan keyin Poroshenko qaddini rostlab, tansoqchilari hamrohligida “qaynoq nuqta”ni tark etganini ko‘rish mumkin.
Ushbu rolik internet foydalanuvchilar orasida qizg‘in munosabat keltirib chiqargan. Ko‘pchilik Poroshenko Maydandagi voqelardagi ishtiroki va rolini bo‘rttirayotganidan hayron emasliklarini aytishgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi