Milliarder Uorren Baffettning CNBC’ga intervyuda ma’lum qilishicha, uning Berkshire Hathaway xoldingi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Kraft Foods va ketchuplar tayyorlovchisi Heinz’ning 2015 yilda birlashishi vaqtida ortiqcha pul to‘lagan.
«Kraft Heinz - hali ham yaxshi biznes, u 7 milliard dollarlik aktivlardan foydalanadi va soliqlardan oldin ulardan 6 mlrd dollar ishlab topadi. Lekin biz va ayrim avvalgi shaxslar moddiy aktivlar asl narxidan 100 milliard dollar ko‘proq pul to‘ladik, shuning uchun kompaniya 7 milliard dollar emas, balki 107 milliard dollar ishlab topishi kerak», - dedi u.
Jurnalistning Berkshire kompaniyaga ortiqcha to‘lagani haqidagi savoliga, Baffett ijobiy javob qaytardi. «Ha, biz ortiqcha pul to‘ladik. Heinz uchun ortiqcha pul to‘lamadik, bu 3G (Braziliya investitsiya jamg‘armasi, Heinz egalaridan biri) bilan kelishuv edi, 50 ga 50, ammo biz Kraft uchun ortiqcha to‘laganmiz hamda 15 milliard dollarlik aktivlarni olib tashladik», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uorren Baffett bir kunda 4,3 mlrd dollar yo‘qotgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi