18:30 / 03.03.2019
6 184

“Urf degan mana bundoq boʻlibdi...”

“Urf degan mana bundoq boʻlibdi...”
Istanbuldagi bir masjidda koʻrganim esimga tushib ketdi...

Juma namozidan chiqayotganimizda masjid hovlisida bir kishining turli qogʻoz (korobka) qutilar ichida tahlam-tahlam kitoblarni sotayotganini koʻrdim. Namozgohdan chiqayotgan bir kishi sotuvchidan kitoblarning narxini soʻradi, baʼzi kitobdan ikkitadan baʼzisidan uchta-toʻrttadan ajrattirib oldi-da, pulini berib, oʻsha joyga kitoblarni qoldirib ketaverdi. “Bu odam kitoblarini esdan chiqardimikin yoki manziliga eltib berishini tayinlab ketdimikin?” deb oʻylab turgandim, yana boshqa bir kishi xuddi shu ishni takrorladi. Vaqtim bemalolligi uchun boshqa odamlarga ham qarab turdim, hamma shunday qilyapti, hatto bir odam kitobchiga 500 lira berib “kerakligini oʻzingiz ajratib qoʻyarsiz” deb ketaverdi. Kitob sotuvchisining yordamchisi sotilgan kitoblarni yana alohida qilib boshqa qutilarga joylayverdi. Tabiiyki, tushunarsiz, ham qiziq...

Yarim soatlar oʻtgandan keyin kitob sotuvchilar ishlarini tamomlab, ketishmoqchi boʻlib turganlarida bu holatni ulardan soʻradim. Aytdiki, “qanchadan qancha kitoblar bor, uning oʻquvchisi yoʻq, va yana qancha kitobxonlar bor, oʻqishga puli yoʻq... Kitobi(ilmi demoqchi) yoʻqlarga kitobi borlar yordam berishi uchun, puli yoʻqlarga puli borlar yordam berishi kerak emasmi? Alhamdulillah bizning masjidimizda shu yoʻlga qoʻyilgan. Kitoblarni biz sotganimiz bilan hali ishimiz tugamadi. Biz endi muhtojlarga yetkazamiz” dedi...

Havas qildim. Bizdagi bemaʼni urflardan uyalib ketdim. Urf degan mana bundoq boʻlibdi...
Salim Ayyubiy

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Urf degan mana bundoq boʻlibdi...”