Rol uchun sochidan voz kechgan o‘zbek aktrisalari kimlar?

Rol uchun sochidan voz kechgan o‘zbek aktrisalari kimlar?

Kino va seriallardagi obrazini ishonarli gavdalantirish uchun aktrisalar ba’zan tashqi qiyofasini keskin o‘zgartirishga ham tayyor bo‘ladi. O‘zbek san’atida ham rol uchun soch turmagi va rangini o‘zgartirgan aktrisalar bor.

Feruza Meliboyeva — filmdagi roli uchun sochini kalgacha oldirib, mutlaqo boshqacha qiyofada namoyon bo‘lgan. Uning bu o‘zgarishi muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otgan.

Barxin G‘ofurova esa “Baxt ovchisi” serialidagi Zuliya obrazi uchun uzun, qora sochlarini qisqartirib, och sariq rangga bo‘yatgan. Aktrisaning yangi qiyofasi tomoshabinlar uchun kutilmagan o‘zgarish bo‘lgan.

Nigina Anorboyeva “Ishq o‘yinlari” filmidagi roli uchun sochlarini qisqa qildirgan. Yangi imidj aktrisaning obraziga yanada o‘ziga xos ko‘rinish bergan.

Bu aktrisalarning har biri turli obrazlar uchun tashqi qiyofasida sezilarli o‘zgarish qilgan.

Sizimcha, rol uchun bunday keskin o‘zgarishlarga borish aktrisaning kasbiga sadoqatini ko‘rsatadimi?

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar