22:07 / 04.03.2019
5 130

OAV AQSHning yangi maxfiy quroli haqida maʼlumot berdi

OAV AQSHning yangi maxfiy quroli haqida maʼlumot berdi
AQSHning Istiqbolli mudofaa ilmiy-tadqiqot ishlanmalari boʻyicha agentligi (DARPA) jang maydonida “taktik tunellar”dan foydalanishni taklif qildi. Ular Amerikaning yangi maxfiy quroli boʻlishi mumkin, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Nashrning taʼkidlashicha, Pentagonda jang maydonlarida tunnellar qurilishi boʻyicha yetarlicha tajriba yoʻq. Biroq, shunga qaramay, jangda tunnellar tarmogʻidan foydalanish Amerika armiyasiga foydali boʻlishi mumkin.

DARPA avvaliga burgʻilash va tunnellar yaratish usullarining bajarilishi baholanuvchi oʻquv dasturini taklif etmoqda. 15 oyga moʻljallangan dasturning qiymati 11 million dollarga baholandi.

Xususan, tunnellar taktik tarmogʻi moddiy-texnik qoʻllab-quvvatlovning xavfsiz infratuzilmasini taʼminlab berishi mumkin. Masalan, u amaliyotdan avval oziq-ovqat mahsulotlarini olib oʻtish yoki qoʻshinlarning qaysidir hududdan oʻtishi davomida zaxiralarni muntazam taʼminlab berishda qoʻl keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV AQSHning yangi maxfiy quroli haqida maʼlumot berdi