
Foto: North Korean state media via BBC Monitoring
KXDR rahbari Kim Chen In Vyetnamda AQSH prezidenti Donald Tramp bilan boʻlgan muvaffaqiyatsiz sammitdan keyin 5 mart kuni Pxenyanga qaytdi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.
Uning qaytgani Shimoliy Koreyaning barcha telekanallarida efirga uzatilgan.
Kim Chen In Xanoyga borgan zirhli poyezdda ortga qaytgan. Pxenyanga u 5 mart kuni mahalliy vaqt bilan tungi soat 03:00 da yetib kelgan. Ungacha esa poyezdda 60 soat yoʻl yurgan.
Davlat rahbari uzun qizil gilam ustidan oʻtib borgan. Uni oʻnlab harbiylar oʻrab turgan. Mamlakat aholisi ham gullar va qarsaklar bilan uni kutib olgan.
Qaytishdan oldin Kim Chen In Vyetnamdagi Xo Shi Min maqbarasini ziyorat qilgan. AQSH-KXDR sammiti 27—28 fevral kunlari boʻlib oʻtgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar