
Foto: «Reuters»
Isroilning «Bereshit» kosmik apparati Oyga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Bu haqida missiya rahbarlaridan biri xabar berib o‘tdi.
Apparat qo‘nishi chog‘ida Yer bilan aloqa uzilib qolgan. Shundan so‘ng motori o‘chib qolgani va halokatga uchragani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, apparat 22 fevralda Amerikadagi kosmodromdan «Falcon 9» yordamida uchirilgan edi. U soatiga 36 ming kilometr tezlanish bilan 6,5 million kilometr uchib bordi. Bir hafta muqaddam «Bereshit» Oy orbitasiga chiqqan va Isroil bunday natijaga erishgan yettinchi davlat bo‘lgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar