
O‘zbekiston fuqarosi Laziz Hoshimov Rossiyada Bentley avtomobilini yutib oldi deb yozadi Sof.uz nashri.
Laziz rossiyalik bloger Mixail Litvin tomonidan kuzatuvchilari o‘rtasida tashkil etilgan chellenjda ishtirok etdi va o‘zining sabr-toqatli va bardoshli ekanligi sabab qizil rangli Bentley avtomobiliga ega chiqdi.
Tanlovning asosiy sharti – bu Bentley᾽ga kim qo‘lini uzoq qo‘yib tura olish edi.

O‘zbekistonlik Bentley yonidan jilmasdan 30 soat turishga muvaffaq bo‘ldi.
U o‘zining Instagram sahifasida yutib olgan mashinasi suratini joylashtirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar