
Amerikaning Merilend shtatida Adolf Gitler o‘z joniga qasd qilishdan avval general-feldmarshal Ferdinand Shernerga jo‘natgan telegramma kimoshdi savdosiga qo‘yildi, deb xabar qildi Darakchi.uz nashri.
Telegramma 60-80 ming dollar deb baholanmoqda. Kimoshdi savdosi 30 aprel - 1 may kunlari bo‘lib o‘tadi.
1945 yili Ferdinand Sherner Gitlerni qochishga chorlaydi. 1945 yilning 24 aprelida Adolf Gitler tomonidan bitilgan telegrammada javob tariqasida quyidagilarni o‘qish mumkin: “Men Berlinda qolaman. Germaniya uchun kechadigan hal qiluvchi jangni sharaf bilan kutib olaman. Shu tariqa Germaniya uchun munosib tarzda xizmat qilaman”.
Adolf Gitler va uning rafiqasi Yeva Braun 1945 yil 30 aprel kuni Berlindagi fyurerbunkerda o‘z jonlariga qasd qilishgan.
GitlerTelegrammaKimoshdi SavdosiMerilend ShtatiYilFerdinand Sherner O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar