00:18 / 30.04.2019
3 180

Belarusdagi eng nufuzli shaxslardan biri hibsga olindi

Belarusdagi eng nufuzli shaxslardan biri hibsga olindi
Belarus davlat xavfsizligi qo‘mitasi xodimlari Belarus xavfsizlik kengashi davlat kotibi o‘rinbosari Andrey Vtyurinni hibsga olishdi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda “Nasha Niva” nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu bir hafta oldin yuz bergan.

Belarusdagi eng nufuzli kishilardan birining hibsga olinishiga pora olish sabab bo‘lgan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, pora miqdori 150 ming dollarni tashkil qilgan.

Nashrning ta’kidlashicha, Vtyuringa nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va uning yuqori lavozimli amaldor shaxslar yashovchi “Drozdi-2” posyolkasidagi kotteji muhrlab qo‘yilgan.

Davlat xavfsizligi qo‘mitasida bu borada izoh berishdan bosh tortilgan.

Vtyurin eng nufuzli belaruslardan hisoblanadi. U 2014 yilda xavfsizlik kengashiga ishga o‘tguncha 7 yil prezident xavfsizligi xizmatini boshqargan. Vtyurin bu xizmatda Aleksandr Lukashenko prezident lavozimini egallagandan bir yil keyin, ya’ni 1995 yilda ishlay boshlagan. Belaruslik jurnalistlar Vtyurinni Lukashenkoning safdoshi deb atashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarusdagi eng nufuzli shaxslardan biri hibsga olindi