
Hindiston armiyasining harbiy alpinistlardan tashkil topgan ekspeditsiyasi Himolay tog‘larida qor odamning izlarini topdi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Xabarda aytilishicha, o‘lchami 81x38 sm bo‘lgan izlar Nepal hududidagi Makalu cho‘qqisi yaqinida aniqlangan.
«Tutqich bermas qor odamni avvalroq «Makalu-Barun» milliy parkida ko‘rishgan», — deyiladi xabarda.

Foto: @adgpi / Twitter
Vazirlik topilgan izlar suratga olingani va suratlar olimlarga topshirilganini bildirgan.
2007 yilda jurnalistlar Everest hududida qor odamning izlari topilganini xabar qilishgandi.
Hindiston ArmiyasiHimolay Tog‘lariQor OdamMakalu Cho‘qqisiMilliy ParkEkspeditsiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar