Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni vakolatlarini o‘z zimmasiga olishi haqidagi farmonni imzoladi. 300/2019-sonli farmon prezident saytida e’lon qilingan.
“Ukraina prezidenti lavozimiga 20 mayda kirishishim munosabati bilan, Ukraina konstitutsiyaning 106-moddasi 1-qismi 17-bandiga muvofiq, bugundan boshlab Ukraina qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni vakolatlarini o‘z zimmamga olaman”, deyilgan farmonda.
Oliy bosh qo‘mondon majburiyatlariga Ukraina qurolli kuchlari oliy qo‘mondoni va boshqa harbiy tuzilmalar qo‘mondonlarini tayinlash va bo‘shatish, oliy harbiy unvonlarni berish va milliy xavfsizlik va mudofaa kengashini shakllantirish kiradi.
Zelenskiy 20 may kuni Ukraina prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi. U inauguratsiyasi davomida oliy radaning tarqatilishini e’lon qildi. Zelenskiy deputatlarga uning talablarini bajarishga, ya’ni hukumatning iste’foga chiqishi, deputatlik daxlsizligini bekor qilish va noqonuniy boyish haqidagi qonunni qabul qilishiga 2 oy muhlat berdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi