Pekin Gonkong hukumati va politsiyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilib, mahalliy parlament binosiga bostirib kirganlarni jinoiy javobgarlikka tortishga chaqirdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
1 iyul kuni Gonkong hududining Xitoy yurisdiksiyasiga o‘tganiga 22 yil to‘lishi munosabati bilan demokratiyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha namoyish tashkil etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishlarda yarim millionga yaqin kishi ishtirok etgan. Namoyishchilar Gonkongda jinoyatchilikda gumon qilinganlarni Xitoyning materik qismiga ekstraditsiya qilish haqidagi qonun loyihasi bekor qilinishini talab qilib chiqishdi. Namoyish qatnashchilari parlament binosiga bostirib kirishdi.
Politsiya namoyishchilarni tarqatishda ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalandi. Mazkur qonun loyihasi Gonkongda katta noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Buning ortidan esa hududda uch haftadan buyon namoyishlar oqimi to‘xtamayapti. Natijada hukumat yon berishga majbur bo‘lib, qonun loyihasini ko‘rib chiqishni ortga surgan edi. Biroq namoyish qatnashchilari ushbu qonunni butunlay bekor qilishni va Gonkong ma’muriyati rahbari Kerri Lam iste’fosini talab etishmoqda. Xavfsizlik nuqtai nazaridan bugun mahalliy parlament binosi yopib qo‘yilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?