Xitoyda 13 yoshli o‘quvchi ikkita kichik samolyotni olib qochdi. Bu haqda Daily Mail nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘smir kechasi ekskursiya byurosiga tegishli angarga kirib, u yerdagi kichik o‘lchamdagi samolyotlardan biriga o‘tirib, uni avtoturargohga olib chiqqan va uchirishga uringan. O‘smir tezda boshqaruvni yo‘qotib, to‘siqqa borib urilgan. Shundan keyin kichik yoshli opqochuvchi boshqa samolyotga o‘tirib, yana bir bor “omadini” sinab ko‘rishga qaror qilgan. U samolyotda avtoturargohda bir nechta aylana bajarib, uni o‘sha yerda tashlab ketgan.
Byuro xodimlari bo‘lgan voqeadan ertalab ishga kelgachgina xabar topishgan. Keyinroq o‘smir politsiya tomonidan ushlangan.
Byuro muhandislaridan biri voqeadan bir kun avval bola samolyot dvigatelining ta’mirlanishi ortidan kuzatib turganini eslagan. Ta’kidlash joiz, o‘smirga samolyotni qanday boshqarishni tushunib olishiga bir necha soat yetgan.
Politsiyada o‘quvchi qilmishini tan olib, otasi va opalarining bundan xabari yo‘qligini aytgan. Samolyot egalari bolaning otasidan yetkazilgan zarar uchun 8 ming yuan talab qilishgan, biroq u 2 ming yuangina to‘lab bera olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi