3 474
Turkmaniston prezidentining o‘lgani haqida mish-mish tarqatganlarni qo‘lga olish boshlandi
Foto: Tengrinews
Turkmanistonda mamlakat prezidentining o‘lgani yoki sog‘lig‘i yomonlashgani haqida tarqalgan mish-mishlarga qarshi faol kurashish 25 iyul kunidan boshlangan edi. Kuch tuzilmalari Ashxobod va boshqa tumanlarda «kuchaytirilgan xizmat turi»ga o‘tgan, deb xabar beradi Daryo nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtiriga xizmat qilgan mish-mishlarni tarqatgan uch kishi qo‘lga olingan. Ulardan biri «Turkmantelekom» xodimi bo‘lsa, yana biri suv xo‘jaligi xizmatchisi, uchinchisi esa mahalliy uy-joy kommunal xizmatida ishlaydi.
Instagram’da esa turkmanistonlik yulduzlarning mish-mishlarga ishonmaslik borasidagi ko‘plab videoroliklari paydo bo‘ldi. Ular bir vaqtning o‘zida prezident Gurbanguli Berdimuhamedovni o‘ldiga chiqargan odamlarni la’natlashni boshlab yuborgan va o‘z obunachilaridan #duryalan xeshtegi ostidagi videoroliklarga ishonmaslikni so‘ragan.
24 iyul kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ommaga ko‘rinish bermaganiga to‘qqiz kun o‘tib, davlat televideniyesidagi efirlarda yana paydo bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi