Foto: News.ru
Buryatiya, Irkutsk va Baykal orti hududlaridan bo‘lgan 40 ga yaqin shaman 4 avgust kuni Sibirda yonayotgan taygaga yomg‘ir chaqirish marosimni amalga oshirish uchun Baykalning Olxon orolida to‘planadi.
«TASS»ning xabar berishicha, bu haqda «Tengeri» mintaqalararo shamanlar tashkiloti boshqaruvi raisi Bair Sirendorjiyev ma’lum qilgan.
Xabarda aytilishicha, Rossiyada umumiy maydoni 100 ming gektardan ortiq 147 ta o‘rmon yong‘inlari o‘chirilmoqda. Bunda yong‘inda qolgan o‘rmonlarning katta qismi uzoq hududlarda joylashgan. Aksariyat yong‘inlar Sibirda — Irkutsk viloyati va Krasnoyarsk o‘lkasida qayd etilgan.
«Olxonda 4 avgust kuni Buryatiya, Irkutsk va Baykal orti hududlaridan bo‘lgan 40 ga yaqin shaman to‘planadi. Ular yonayotgan o‘rmonlarga yomg‘ir chaqirish marosimini o‘tkazadi. Hozirda o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgan hududlar aniqlanmoqda», — degan Sirendorjiyev.
Buddaviy ruhoniylari lamalar ham 30 iyulda yonayotgan taygaga yomg‘ir chaqirish marosimini o‘tkazishga tayyor ekanliklarini aytgan, lekin buning uchun yong‘inning aniq joyini bilish kerakligini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?