Byuroning Ellikqal’a tuman bo‘limi tomonidan qarorlar ijrosi ta’minlanmoqda

Byuroning Ellikqal’a tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 148,3 mlrd. so‘mlik 11 165 ta ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanib, amalda 70,8 mlrd. so‘m undirilgan.
Shundan, davlat foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq 95,2 mlrd. so‘mlik 7 003 ta ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanib, amalda 53,8 mlrd. so‘m undirilgan.
Jismoniy shaxslar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq jami 5 mlrd. so‘mlik 666 ta ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanib, amalda 2,3 mlrd. so‘m undirilgan bo‘lsa, barcha turdagi daftarlarga jami 1 mlrd. 529 mln. so‘m undirilib yo‘naltirilgan.
Voyaga yetmagan farzandlar ta’minoti uchun aliment undiruvlari bilan bog‘liq 958 ta ishlar bo‘yicha jami 6 mlrd. 486 mln. so‘m aliment pullari undirilgan bo‘lib, 40 ta aliment to‘lovchi otalar ish bilan ta’minlangan va mahalla yettiligi aralashuvi bilan jami 49 ta oilalar yarashtirilishiga erishilgan.
Hozirda bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.































Izohlar 0
…