Beruniyda MIB xodimlari yordamida ikki oila yarashtirildi

Beruniyda MIB xodimlari yordamida ikki oila yarashtirildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 2026-yil 14-avgust va 04-sentyabr kungi sud buyruqlariga asosan N.Ye. va M.A.larning foydasiga tarbiyasidagi voyaga yetmagan farzandlarining ta’minoti uchun ularning turmush o‘rtog‘laridan aliment undirish belgilangan.

Ushbu sud buyrug‘i Byuroning Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan va bu haqida undiruvchilar yashaydigan hududdagi mahalla raislariga xabar berilgan.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan mahalla raisi bilan birgalikda ajrashgan oilalarni yarashtirish maqsadida tushuntirish ishlari olib borilgan.

Natijada, taraflar Byuroning Beruniy tuman bo‘limiga joriy yilning 15 sentyabr kuni kelib, hozirgi kunda birga yashayotganligini bildirgan va aliment undirish haqidagi sud qarori ijrosini tugatishni so‘rab iltimosnoma berishgan.

Natijada voyaga yetmagan farzandlar to‘laqonli oilaviy muhitda voyaga yetadigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar